“Tottenxem”ning sobiq himoyachisi Ramon Vega FIFA prezidentligi uchun saylovda o‘z nomzodini qo‘ymoqchi.
Shveysariyalik futbolchi 2004 yilda faoliyatini yakunlagandan keyin asosan moliya sohasida ishlagan. U 2015, 2019 va 2022 yillarda FIFA prezidentligi uchun saylovda o‘z nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgan, ammo saylovda qatnashish uchun minimal talabni bajara olmagan: nomzodni 211 ta milliy federasiyadan kamida 5 tasi qo‘llab-quvvatlashi kerak.
“Hayot meni futbolga xizmat qilishga tayyorladi, shu sababli katta sahnaga chiqishga qaror qildim. Men global futbol oilasi oldida kamtarlik, qat’iyat va chuqur mas’uliyat hissi bilan turibman. Futbol prezidentlarga, konfederasiyalarga yoki ma’murlarga tegishli emas. Futbol har qanday lavozimdan, har qanday shaxsdan yoki har qanday muassasadan kattaroq. Futbol hozir reanimasiyada, hayotni ta’minlab turish apparatiga ulangan. Biz boshqa kuta olmaymiz. FIFAga yangi yo‘nalish va tub islohotlar kerak”, dedi “Seltik”, “Uotford” va “Grasshoppers” jamoalarida to‘p surgan 55 yoshli sobiq futbolchi.