Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Ramazon oyida sodir bo‘ladigan ba’zi xatolar

A A A
Ramazon oyida sodir bo‘ladigan ba’zi xatolar

1. Shomdan oldin ijobat bo‘ladigan fursatda duoni tark qilish.

2. Shom azonini eshitganda qaytarmay turish.

3. Toki azon tugagunicha og‘izni ochmay turish.

4. Shom namozidan keyingi ravotib sunnatni tark qilish.

5. Tarovih namozini imom bilan birga oxirigacha o‘qimaslik.

6. Tarovihni birinchi kechasida o‘qimasdan boshqa ishga mashg‘ul bo‘lish.

7. Faqat Ramazonda namoz o‘qish.

8. Ovqat va ichimlikda isrofga yo‘l qo‘yish.

9. Xatmi qur’onni tafakkur bilan eshitishdan g‘aflatda qolish.

10. Iftorga mashg‘ul bo‘lib, shomni uyda o‘qish.

11. Shom bilan xufton orasidagi vaqtni behuda o‘tkazish.

12. Saharlikni tark qilish. (Chunki hadisda: “Saharlik qilinglar, saharlikda baraka bor”, deb aytilgan).

13. Saharlikda duo ijobat paytini zoye qilish.

14. Yosh bolalarni ro‘za tutishga qiziqtirmaslik.

15. G‘iybat, chaqimchilik, yolg‘on va aldov kabi ba’zi harom narsalardan tiyilmaslik.

16. Hayitga kiyinish bahonasi bilan ramazonning eng oxirgi fazilatli kunlarini bozorda o‘tkazib yuborish.

17. Serial va filmlar tomosha qilish bilan fazilatli kunni o‘tkazib yuborish.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 23:43 20.05.2018. O'qildi: 1846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik