Ro‘zador kishiga makruh bo‘lgan ishlar ro‘yxatini «Muslimaat.uz» e’lon qildi.
- Uzrsiz biror narsani tatib ko‘rish va chaynash.
Chunki bunga o‘xshash narsalar ro‘zaning buzilishiga olib borishi mumkin.
- Saqich chaynash.
Bu ishni qilgan odamni og‘zi ochiq deb o‘ylaydilar.
- Quchoqlashish, o‘pish va ushlash kabi shahvatni qo‘zg‘aydigan ishlar.
- Qasd ila tupukni og‘izda to‘plash va uni yutish.
- Ro‘zadorning zaiflashishiga olib boradigan qon oldirish kabi ishlarni qilish.