Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Rahmat o‘n kunligi: Ramazonning birinchi o‘n kunligini qanday o‘tkazish kerak?

A A A
Rahmat o‘n kunligi: Ramazonning birinchi o‘n kunligini qanday o‘tkazish kerak?

Har bir musulmon Ramazon oyining uch qismdan tashkil topishini biladi. Muborak oyning birinchi o‘n kunligi “Rahmat kunlari” ekanligi ma’lum.  Musulmonlar Ramazon oyining ruhiy, ma’naviy yuksalish oyi ekanligini bilishadi, lekin musulmon banda uchun “rahmat” nimani anglatadi ? Buyuk Allohning go‘zal ismlaridan biri Ar-Rahmondir, Mehribon. Musulmonlar bajaradigan deyarli hamma ishlarida Yaratuvchini shu ismini aytishadi.Shuning uchun Alloh o‘zi uchun yaratgan oyda rahmatini nozil bo‘lishi xayratlanarlik emas. Hadisi Qudsiyda Alloh: “Ey odam farzandi sen menga duo va mendan umid qilar ekansan, men bajarganing uchun gunohlaringni avf etaman, va qarshi bo‘lmayman. Ey odam farzandi agar sen huzurimga gunohlaring osmon bulutlari qadar ko‘p xolda kelsangda, va meni Rahmatimni qidirganingda, Men seni mag‘firat qilar edim. Ey odam farzandi agar xuzurimga gunohlaring yer yuzicha bo‘lib,menga biror narsani shirk keltirmay kelganingda, men seni undan ham katta rahmatim bilan kutib olardim.”-degan. Ko‘pchilik iymon keltirgan odamlar bilib-bilmasdan, qilib qo‘ygan gunohlaridan qo‘rqib turishadi. Lekin Alloh mag‘firatni va’da qilayapti. Bu sifat Allohdan boshqa xech kim va xech narsada yo‘q. Bu hadis orqali Alloh O‘zinig Ar-Rohman, eng Mehribon, ar-Rohiym eng Rahmli ekanligini eslatayapti. Allohning Rahmatiga erishish va jannatga kirish har bir musulmon intiladigan narsadir. Allohning azobidan qo‘rquvchi har bir musulmonga Yaratuvchi Qur’onda : “Ey o‘z jonlariga isrof (jabr ) qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo‘lmang! Albatta Alloh barcha gunohlarni mag‘firat etar. Albatta uning o‘zi o‘ta  rahmli zotdir”  deb ayt (Zumar surasi, 53-oyat)

Duo va zikr - Alloh rahmatining kalitlari

Rahmat o‘n kunligida musulmon kishi bajaradigan amallarnig yaxshisi duo va zikrlarni o‘qish orqali Allohning rahmatiga sazovor bo‘lish. Jannat eshiklari ochilgan va jaxannam eshiklari yopilgan xolatda Alloh o‘zinig va’dasidan qaytmaydi. Yaratgan zotga murojaat qilib, rahmatiga erishib olishni so‘rash uchun eng qulay fursat. Qur’onda kelgan quyidagii duoni ham o‘qish mumkin: “Ey Robbim, mag‘firat qil, rahm qil. O‘zing rahm qilguvchilarning yaxshisisan” (Mo‘minun surasi, 118-oyat).

Yana Alloh Baqara surasining 152-oyatida “Bas , Meni eslangiz, sizni eslayman. Va menga shukr qilingiz, kufr qilmangiz”. – deb aytgan. Bular Allohni ko‘p zikr qilish, har doim rahmatini so‘rash, sajda qilib unga yolvorish uchun eslatmalardir. Qanday qiyinchiliklarni boshingdan o‘tkazayotganing, qanchalik qattiq xoldan toyganingni ahamiyati yo‘q. Iymon keltirganlar hech qachon Allohning rahmatidan umidlarini uzmasliklari kerak. Boshqa hadisda Allohning oxiratda musulmon bandalari muhtojligida bo‘ladigan rahmati haqida so‘z ketadi. Musulmonlar kunda urush va buzg‘unchilarni ko‘rib tursalar-da, shu bilan birga erning ayoliga, onaning  emizikli farzandiga, o‘qituvchining shogirdlariga, bolalarnig hayvonlarga xatto hayvonlarning o‘z bolasiga ko‘rsatayotgan cheksiz mehr muhabbatiga ham guvoh bo‘lishayapti. Rahmat olamni o‘z girdobiga olgan, Alloh o‘z rahmatini 100 qismga bo‘ldi va faqatgina bittasini yer yuzida bo‘lishini iroda qildi. Qolgan Rahmati o‘zigagina xosdir. Ramazonning avvalgi o‘n kunida bo‘ladigan Allohning rahmatini tasavvur qilib ko‘ring, endi birinchi o‘n kunlikni risoladagidek o‘tkkazgan kishi qo‘lga kiritadigan mukofotni bir tasavvur qilib ko‘ring va kelajkada Qiyomat kuni bo‘ladigan rahmatni ham tasavvur qilib ko‘ring.

Ro‘zaning  o‘zi bu rahmatdir

Ro‘zaning Islom arkonlaridan biri ekanligini o‘ziyoq buning rahmat ekanligiga dalil. Ro‘za orqali odamlar ularga naf bermaydigan taomlardan xalos bo‘lishadi.Ular ruhiy ozuqa olib, zarur ibodatlardan chalg‘ituvchi narsalarni tark etadilar. Musulmonlar o‘zlarida bor narsaga qanoat qiladilar, va o‘zlariga nisbatan kam narsaga ega insonlar haqida, urushda xonavayron bo‘lgan farzandlari bor oilalar haqida, kunda taomsiz yashayotgan musulmonlar va g‘ayrimusulmonlar xaqida, uzluksiz ro‘za tutayotganlar haqida g‘am chekadilar. Bularning hammasi o‘z holida rahmatinng bir ko‘rinishi. Musulmonlar o‘zlariga, juda yaxshi sharoitlardagilarga va omadi kelmaganlarga xam yaxshilik va mehribonlik ko‘rsata oladilar. Rahm shafqat har xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Va  bularning bariga Ramazonda Allohni zikr qilish bilan, tunlarini ibodat bilan o‘tkazish, nafs tiyilishi  haqida tafakkur qilish orqali erishish mumkin. Robbul olamin yana ba’zi narsalarni va’da qilayapti. Qur’onda:” Ey iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyadki taqvodor bo‘lsangiz” –deb aytgan. (Baqara surasi, 183-oyat)

 Siz eng taqvodor musulmon deb e’tirof qilindingiz, bu Allohnig bandasiga berishi mumkin bo‘lgan eng oliy mukofoti, rahmatidir. Bu darajaga Ramazon oyida Allohga butkul yuzlanibgina erishish mumkin.

Ro‘za va Rahmat o‘n kunligidagi duo.

Birinchi o‘n kunlikning go‘zalligi shundaki, bu rahmatning rahmat ichidaligidir. Musulmon bandalar Robbilarining roziligiga erishish uchun faol harakat qilayotganlarida, Alloh o‘z rahmatini bu muborak oyga tuhfa qilib qo‘shib beradi.  Uning rahmatiga solih amal qiluvchilargina loyiq,  va ularning ajrlari ko‘paytirib beriladi, shu bilan birga gunoh qilgan bandalar agar ixlos bilan tavba qilsalar va Alloh roziligi istab harakat qilsalar mag‘firat qilinadilar. Aynan shu damda Allohning rahmati sabab xayrli ishlarning darajasi ortadi, va bu o‘z navbatida bandalarga berilgan rahmatdir. Bu qalblarini poklab, Allohga ibodat uchun bandani to‘g‘ri yulga boshlaydi. Ro‘za nafaqat amallarni balki ajr mukofotlarni xam  ko‘payishiga sabab, lekin Yaratuvchimizning rahmati ibodatdan to‘xtamagan har bir bandani o‘rab olishda davom etaveradi. Alloh bandalarini O‘zigagina ibodat qilishlari uchungina xalq qildi: “Jin va insonni faqat Menga ibodat qilish uchungina yaratdim”. (Zariyat surasi, 56-oyat). Ro‘zadagi amallar juda buyukdir.Bunday buyuklikning sabablaridan biri Alloh ro‘zani O‘zi uchun tanladi. Nabiyimiz Muhammad sallolohu alayhi vasallam aytadilar:”(Alloh aytadi)”: “Odam bolasining har bir ezgu amali o‘zi uchundir illo ro‘za Men uchundir. Va Men ro‘zadorni bu uchun mukofotlayman. Ro‘zadorning og‘zidan chiqadigan hid, Alloh nazdida mushkdan yaxshiroqdir”. (Imom Buxoriy rivoyati)

Shu yo‘l bilan Ramazon kunlarida ixlos bilan Alloh roziligi uchun tavba va amali solih qilganlarga hisobsiz, son sanoqsiz ajr mukofotlar beriladi. Bu rahmat butun Ramazon oyida bo‘ladi. Va iymon keltirgan kishi uchun Qiyomat kunida Allohning rahmati bilan ro‘zadorligi sabab solihlar orasidan chaqirilgunicha bo‘lgan hayotida ham davom etadi.

Islom.uz

Kiritildi: 01:23 23.05.2018. O'qildi: 8278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!