Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Rafinya «Barselona»da 2011 yildan beri kuzatilmagan natijani qayd etdi

Rafinya «Barselona»da 2011 yildan beri kuzatilmagan natijani qayd etdi

Braziliyalik hujumchi Rafinya mavsumni ajoyib boshladi — u Ispaniya chempionatining dastlabki uchta uchrashuvida ham gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U «Atletik», «Elche» va «Rayo Valyekano» darvozalarini ishg‘ol qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Rafinya 2011 yildan beri La Liganing dastlabki uchta o‘yinida ham gol urgan ilk «Barselona» futbolchisi bo‘ldi.

Qizig‘i, o‘sha paytda bu natijani Lionel Messi emas, balki Sesk Fabregas qayd etgan edi.

XXI asrda «Barselona» safida bunday natijaga yana ikki futbolchi erishgan: Zlatan Ibragimovich 2009 yilda, Samyuel Eto’O esa 2006 yilda chempionatning dastlabki uchta uchrashuvida ham gol urgan.

Kiritildi: 16:00 02.09.2026. O'qildi: 543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!