Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Radioaloqa, radioeshttirish va televideniye markazi rahbari ishdan olindi

Radioaloqa, radioeshttirish va televideniye markazi rahbari ishdan olindi

Jahon.uz”ning ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, Radioaloqa, radioeshttirish va televideniye markazi rahbari Gaziyev Emir Rustamovich bugun 2019 yilning 14 iyun kuni ishdan olingani aytilmoqda.

Uning o‘rniga, sal avvalroq Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimligi lavozimidan olingan Shuhrat Atamuhammedov egallashi kutilmoqda.


Atamuxammedov Shuhrat Mahamadnazimovich  “O‘zbekiston pochtasi” AJ bosh direktori, Davlat aloqa inspeksiyasi rahbari,aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasining axborot kommunikasion texnologiyalarini rivojlantirish ishlari bo‘yicha bo‘lim mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Ishonchli manbaning xabariga ko‘ra, bu lavozimiga «O‘zbekiston pochtasi» rahbari Evgeniy Vladimirovich Birgerning nomzodi ham bu lavozimga ko‘rilmoqda.


Evgeniy Vladimirovich Birger «Rossiya pochtasi»da ham rahbarlik lavozimida faoliyat yuritgan. U 2018 yilning may oyida aynan Shuhrat atamuxammedov o‘rniga «O‘zbekiston pochtasi» bosh direktori lavozimida ish boshlagan edi.

RRTM DUK qisqa to‘lqinda ishlovchi yuqori quvvatli uzatkichlar orqali chet el kompaniyalariga radiodasturlarni uchinchi davlatlarga uzatish xizmatini ko‘rsatadi.

RRTM DUK, betakror inshoat – Toshkent teleminorasiga ega bo‘lib, 110 metr balandlikda joylashgan “KOINOT” restorani va teleminoraga ekskursiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Kiritildi: 11:02 14.06.2019. O'qildi: 2946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!