Yaqinda “SOHO STEREO”, “LASCO C2”, “LASCO C3” deb atalgan NASA qurilmalari Quyoshda aks etgan g‘alati va sirli tasvirlarni suratga oldi, deya xabar berdi “planetanovosti.com”. Aniqlanishicha, yulduz atrofida to‘rtta simmetrik joylarda bir qator silindr ko‘rinishdagi shakllar paydo bo‘lgan.
Olimlar bu anomaliyaning tabiatini tushuntira olmayaptilar. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, Quyosh atrofida noma’lum portallar paydo bo‘lgan, ammo ularning mohiyati nimada? Suratning soxta emasligi, Quyosh atrofida yuzaga kelgan shakllar esa meteorit emasligi aniq. Vaholanki, ular bunday tekis va to‘g‘ri geometriyani hosil qila olmaydi.
NASA olimlari anomaliyaga izoh berishdan bosh tortishmoqda. Ehtimol, ularga ma’lumotni oshkor etishga ruxsat yo‘qdir yoki ular ko‘rgan narsalari haqida biror ma’lumotga ega emaslar.