Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qo‘yliq dehqon bozorida 17 yoshli yigit qo‘lga olindi

Qo‘yliq dehqon bozorida 17 yoshli yigit qo‘lga olindi

Toshkent shahar. 2020 yil 12 oktyabr taxminan soat 22.00 larda 17 yoshli O.D. Bektemir tuman hududida joylashgan Qo‘yliq dehqon bozori hududida  bo‘la turib, jamoat joyida bo‘lishiga qaramasdan, shu yerda bo‘lgan fuqaro 27 yoshli SH.K. bilan avtomashinaning avtoturargohda bo‘lishi uchun patta masalasida vujudga kelgan janjal oqibatida tortishuv vujudga kelib, O.D. nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, o‘ng qo‘lini mushtiga kiyilgan temirdan ishlangan “kastet” predmeti bilan bir marotaba SH.K.,ning jag‘iga urib, tan jarohati yetkazgan.

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra SH.K.,da “pastki jag‘ chap tomon qayirish burchagidan  5  va 6 tishlar oralig‘ida jag‘ suyagini  sinib siljishlari” “pastki jag‘ o‘ng va chap tomon qontalashlari” jarohatlari aniqlanib, og‘irlik jihatidan “O‘RTACHA” og‘ir jarohatlari guruhiga kirishi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan joriy yilning 24 oktyabr kuni O.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “a,v” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 16:32 29.10.2020. O'qildi: 3299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!