Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

“Qo‘yliq” bozori oldida 29 yoshli yigit qo‘lga olindi

“Qo‘yliq” bozori oldida 29 yoshli yigit qo‘lga olindi

Bektemir tumanida 21 oktyabr kuni soat 12:30larda, Bektemir tumani "Qo‘yliq" dehqon bozori oldida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB PPX xodimlari hamda tuman JQB xodimlari tomonidan giyohvandlik yo‘nalishidagi jinoyatchilikka qarshi kurash davomida bozor oldidagi yer osti o‘tish yo‘lagidan o‘tib ketayotgan, harakatlari bilan o‘zida shubha uyg‘otgan, Nurafshon shahrida yashovchi 29 yoshli fuqaro X.J.ning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, jinsi shimining chap cho‘ntagidan qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan, yashil rangli, o‘tkir hidli, o‘simlik moddasi topilib, bayonnoma asosida rasmiylashtirib olingan.

Toshkent shahar IIBB Ekspert-kriminalistika markazining 23 oktyabrdagi xulosasiga ko‘ra, ushbu modda umumiy og‘irligi. 1,14 gr.ga teng "marixuana" giyohvand moddasi ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 17:03 27.10.2020. O'qildi: 2910 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!