Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Quvada o‘g‘irlikka qo‘l urgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Quvada o‘g‘irlikka qo‘l urgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Quva tumani. 27 iyul kuni U.Z ismli ayol I.N. ismli ayolni Yangiobod MFY hududida joylashgan mehmonxonasida qarovsiz qoldirgan ayollar hamyoni, ichida bo‘lgan narhi 2.600.000 so‘mlik “RedMi 9” rusumli uyali telefon apparati va 23.000 so‘m pulini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kiritildi: 12:48 30.07.2021. O'qildi: 1462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!