Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Quva tumanida MIB xodimlari tomonidan jarimalarni undirish tadbirini o‘tkazmoqda

Quva tumanida MIB xodimlari tomonidan  jarimalarni undirish tadbirini o‘tkazmoqda

Joriy yilning 15 fevral kuni Majburiy ijro byurosi Quva tuman bo‘limi, tuman IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi hamda viloyat IIB YHXB 1‑otryad xodimlari o‘zaro hamkorlikda huquqbuzarlardan ma’muriy jarimalarni undirishga qaratilgan keng qamrovli tezkor reydlar o‘tkazildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyat boshqarmasi xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 332‑moddasida jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kundan kechirtirmay hamda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimanihuquqbuzar jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab 60 kundan kechikmay to‘lashi lozimligi belgilangan.

Biroq, joriy yilning 15 fevral kuni holatiga Farg‘ona viloyatida qayd etilgan qonun talabini buzgan 19902 nafar huquqbuzarlarga nisbatan Majburiy ijro byurosi tuman‑shahar bo‘limlari ish yurituvida ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, bir ish kuni davomida atigi 273 ta huquqbuzar tomonidan tayinlangan jarimalar to‘lanmoqda.

Byuroning Quva tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Yo‘l‑patrul xizmati inspektorlari bilan o‘zaro hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda jarimani to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan 279 ta transport vositalari to‘xtatilib, 142 tasi bo‘yicha jarimalar joyning o‘zida bartaraf qilindi va 49,5 mln. so‘m jarimalar undirildi.

Shuningdek, 137 ta transport vositalari jarima maydonchasiga kiritildi.

Bunday tadbirlar viloyatning barcha tuman‑shaharlarida muntazam o‘tkazib borilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 09:30 20.02.2019. O'qildi: 2997 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!