Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Qo‘shma shtatlarda mol go‘shti rekord darajada qimmatlagan

A A A
Qo‘shma shtatlarda mol go‘shti rekord darajada qimmatlagan

Bir funt mol go‘shtining o‘rtacha narxi chakana savdo tarmoqlarida 8 dollarga yetgan. Bu bir kilo mol go‘shti 17,64 dollar degani.

Oldingi maksimum (bir funt 7,90 dollar) iste’mol keskin oshgan pandemiya paytiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu safargi qimmatlashuvga qo‘shma shtatlarning janubi va g‘arbida davom etayotgan qurg‘oqchilik sabab bo‘lmoqda.

Fermerlarga ko‘ra, yuzyillik yaylovlar chang bosgan cho‘llarga aylanmoqda va qoramol boqishda ancha qimmatga tushadigan yem sotib olishga yoki uzoq masofalardan pichan keltirishga majbur bo‘linmoqda.

Qurg‘oqchilik yana davom etaversa mol go‘shtining qimmatlashuvi sharoitida fermerlar tuyoq sonini ko‘paytirishni to‘xtatishlari, buzoqlarni so‘yishga o‘tishlari mumkin, bu esa o‘rta istiqbolda yangi siklik defisit va taklif qisqarishini yaratadi.

Qo‘shma shtatlar dunyodagi eng katta qoramol go‘shti ishlab chiqaruvchisi va ayni paytda eng yirik iste’molchisi ham hisoblanadi. AQShdagi yuzaga kelgan vaziyat birin-ketin boshqa mintaqaviy bozorlarga ham ta’sir ko‘rsatishni va ko‘chib o‘tishni boshlaydi.

Kiritildi: 10:33 10.11.2023. O'qildi: 1812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!