Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Qushlar galasi samolyotga shikast yetkazdi

A A A
Qushlar galasi samolyotga shikast yetkazdi

«Turk havo yo‘llari»ga qarashli samolyot Istanbuldan Nyu-York sari parvoz qilayotib Amerikada qushlar galasiga duch keldi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

Nyu-York shahridagi Jon Kennedi xalqaro aeroportiga qo‘nayotgan samolyot qushlar galasiga duch kelgan. Samolyotdagi 350 nafar yo‘lovchiga ziyon yetmagan, biroq havo kemasi shikastlangan.

Samolyotni ko‘zdan kechirgan «Boeing» firmasi mutaxassislari uning Istanbulga qaytishi xavfli ekanini ma’lum qilgan.

Yo‘lovchilar Istanbuldan jo‘natiladigan boshqa samolyotda ortga qaytishlari mumkin.

manba: xabar.uz

Kiritildi: 11:13 02.06.2018. O'qildi: 1335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik