Bugun Moskvada “Kurban Kerim – 2022” Butunrossiya xayriya dasturi o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda Rossiya musulmonlar diniy boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ehtiyojmandlardan murojaatlarni qabul qilish uchun +7 (495) 150 16 70 ishonch telefoni ishlamoqda.
Ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilish orqali operatorlar ariza to‘ldiradi va qurbonlik go‘shtini berish sanasini belgilaydi.
Hayriyalarni berish poytaxtdagi masjidlarda 9-11 iyul kunlari nishonlanadigan Qurbon hayiti bayramidan keyin boshlanadi.