Bugun 12 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Qo‘qondagi maxsus kollej xodimlari nimada ayblanmoqda?

Qo‘qondagi maxsus kollej xodimlari nimada ayblanmoqda?

Qo‘qondagi maxsus qizlar kollejining qo‘lga olingan to‘rt xodimidan ikki nafari jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi tomonidan Qo‘qon shahar prokuraturasining qizlar uchun Qo‘qon shahar Maxsus yengil sanoat kasb-hunar kollejining bir nechta xodimiga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomalari ko‘rib chiqildi va qanotlantirildi. Kollejdagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida avvalroq xabar bergan edik.

O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, kollej direktori Ra’no Yuldasheva (1960 yilda tug‘ilgan) va omborchisi Odil Shermatov (1955 yilda tug‘ilgan) O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi «a» bandi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Jamoat ishlari bo‘yicha tarib saqlovchi Gapporjon Sultonov (1972 yilda tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi «a» bandi va 119-moddasi (jinsiy etiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Maxsus kollejning o‘quv bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan Otabek Ro‘zimatov Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy etiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Manba: gazeta. uz

Kiritildi: 18:26 26.10.2018. O'qildi: 1688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!