Bugun 5 iyul, 2024 yil, juma

КИР

Qo‘qonda o‘yinchoq qurol bilan mahalliy klubni reklama qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Qo‘qonda o‘yinchoq qurol bilan mahalliy klubni reklama qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Qo‘qonda o‘yinchoq qurol bilan mahalliy klubni reklama qilgan erkak ma’muriy qamoqqa olindi, deb xabar beradi «Podrobno.uz» muxbiri.

U o‘tkinchilarga orqadan yaqinlashib, unga «qurol» ko‘rsatgan shubhali reklama videosi tarmoqda tarqalib, foydalanuvchilar orasida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga rioya qilmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi. Sud uni 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olishga hukm qildi.


Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxs avval ham bir necha marta huquqbuzarlik sodir etgan. Jumladan, joriy yilning 2 yanvar kuni Qo‘qon shahrining markaziy ko‘chalaridan birida yo‘l o‘rtasiga stol-stul qo‘yib ovqatlanib, vaziyatni videoga olib, keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. Buning uchun u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga asosan jarimaga tortilgan.

Kiritildi: 13:45 01.07.2024. O'qildi: 510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!