Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Qo‘qonda kollej o‘quvchisi kursdoshini pichoqladi

A A A
Qo‘qonda kollej o‘quvchisi kursdoshini pichoqladi

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida 2018 yilning 22 sentyabr kuni vaqtincha «A.T.Xo‘qandiy» dahasida yashovchi Politexnika kasb-hunar kolleji 2-bosqich o‘quvchisi I.I. o‘zaro janjal sabab shu kollejning 2-bosqich o‘quvchisi E.M.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada E.M. kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.I. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: sof.uz
Kiritildi: 21:41 23.09.2018. O'qildi: 1196 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik