Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Qo‘qonda fohishaxona fosh etildi

Qo‘qonda fohishaxona fosh etildi

Joriy yilning 31 iyul kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro arizasiga asosan, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasining Qo‘qon shahar bo‘linmasi harbiy xizmatchilari hamda Dang‘ara tuman IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida “Chinobod” MFYda yashovchi 47 yoshli fuqaro S.M. tomonidan o‘zining yashash xonadonida fohishaxona tashkil etilib, u yerda 250.000 (ikki yuz ellik ming) so‘m pul evaziga 2 nafar fuqaroning  axloqqa zid  harakatlariga sharoit yaratib berilganligi aniqlangan hamda yuqorida ko‘rsatilgan miqdordagi pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olinib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

 Hozirda mazkur holat yuzasidan Dang‘ara tuman IIB tomonidan fuqaro       S.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi   2-qismi (“Fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:04 03.08.2020. O'qildi: 4159 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!