Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Qo‘qon shahrida "Yangi O‘zbekiston" massivi barpo etilmoqda (foto)

Qo‘qon shahrida "Yangi O‘zbekiston" massivi barpo etilmoqda (foto)

Qo‘qon shahridagi Movarounnahr, Xo‘jand va Istiqlol ko‘chalari hududida renovasiya dasturi doirasida “Yangi O‘zbekiston” massivi barpo etilmoqda. Massivda jami 6415 xonadondan iborat 83 ta ko‘p qavatli uylar, ta’lim muassasalari, xizmat ko‘rsatish va savdo majmualari qurilishi belgilangan bo‘lib, hozirda qurilish jadallik bilan olib borilmoqda. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qo‘qon shahrida bo‘lib, yangi massivda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dastlab tegishli mas’ullar ishtirokida mazkur qurilish jarayonlarining borishi muhokama qilindi. Berilgan topshiriqlar ijrosi tahlil etilib, uy-joylar hamda savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini barpo etish jarayonlari, qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga vazifalar topshirildi. Shundan so‘ng viloyat rahbari yangi barpo etilayotgan massivning qurilish jarayonini borib ko‘rdi. Bu yerdagi infratuzilmani yanada takomillashtirish, qurilishning sifatiga e’tibor qaratish, loyihalarni joylashtirish borasida ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Viloyat rahbariga viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat IIB boshlig‘i Azizbek Ikramov hamrohlik qildi.

Qo‘qon shahrida "Yangi O‘zbekiston" massivi barpo etilmoqda (foto)

Qo‘qon shahrida "Yangi O‘zbekiston" massivi barpo etilmoqda (foto)

Qo‘qon shahrida "Yangi O‘zbekiston" massivi barpo etilmoqda (foto)

Kiritildi: 09:31 22.05.2025. O'qildi: 852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!