Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

«Qo‘qon patiri» rasman geografik ko‘rsatkich maqomini oldi

«Qo‘qon patiri» rasman geografik ko‘rsatkich maqomini oldi

Adliya vazirligi Farg‘ona viloyatiga xos bo‘lgan mashhur milliy non turi — «Qo‘qon patiri»ni geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Bu qaror mahsulotning an’anaviy nomi va tayyorlash texnologiyasini huquqiy himoya qilishga xizmat qiladi.

Qo‘qon shahri azaldan hunarmandchilik, savdo va milliy pazandachilik rivojlangan yirik madaniy markazlardan biri hisoblanadi. Uning gastronomik merosining ajralmas qismi bo‘lgan «Qo‘qon patiri» betakror ta’mi, o‘ziga xos resepti va an’anaviy tayyorlash usuli bilan mashhur.

Ushbu nonning muhim xususiyatlaridan biri — maxsus tayyorlash texnologiyasi tufayli bir necha hafta davomida o‘z ta’mi va sifatini yo‘qotmasdan saqlanishidir.

Adliya vazirligi ta’kidlashicha, «Qo‘qon patiri»ning geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mahsulot nomi hamda uni tayyorlashning an’anaviy texnologiyasini huquqiy muhofaza qilish, sifat standartlarini mustahkamlash va Farg‘ona viloyatining gastronomik brendini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan hududga mansubligi, uning sifati, shuhrati va o‘ziga xos xususiyatlari aynan o‘sha hududning tabiiy-iqlimiy hamda ijtimoiy-madaniy omillari bilan bog‘liq ekanini tasdiqlovchi intellektual mulk ob’ekti hisoblanadi.

Kiritildi: 14:25 16.07.2026. O'qildi: 753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!