Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Qrim yarim orolida yonilg‘i taqchilligi bor, ammo u kritik darajada emas"

"Qrim yarim orolida yonilg‘i taqchilligi bor, ammo u kritik darajada emas"

Putin Pavel Zarubinga bergan intervyusida yonilg‘i inqirozi, Ukraina bilan muzokaralar va AQSh bilan kelishuvlar haqida gapirdi

Rossiya prezidentining boshqa bayonotlari:

◾️ Ukraina Qurolli Kuchlarining Rossiya infratuzilmasiga berayotgan zarbalari muammolar tug‘dirmoqda;

◾️ Mamlakatda va xususan Qrim yarim orolida yonilg‘i taqchilligi bor, ammo u kritik darajada emas va vaqtinchalik xususiyatga ega, hozirda u yerda bir necha kunlik zaxira mavjud;

◾️ Neftgazni qayta ishlash zavodlariga berilayotgan zarbalar Rossiya jamiyatida bo‘linish keltirib chiqarish va qo‘shinlar hujumini to‘xtatishga qaratilgan "informasion operasiya"dir, biroq bu sodir bo‘lmaydi;

◾️Qrimni energiya bilan ta’minlash vazifasi hal etiladi, yonilg‘i yetkazib berish hajmi quruqlik va dengiz yo‘llari orqali oshiriladi.

◾️ Shikastlangan barcha energetika ob’ektlari tez fursatda tiklanmoqda, tizim katta mustahkamlik zaxirasi bilan ishlayapti va defisitni qoplash uchun import ham yo‘lga qo‘yiladi;

◾️ Ukrainaning hududlar ichkarisiga o‘zaro zarbalarni to‘xtatish taklifiga javoban, Rossiyaning javob zarbalari ancha kuchliroq va sezilarliroqdir;

◾️Kiyev jangovar harakatlarni faqat to‘rtta hudud — Donesk, Lugansk, Zaporojye va Xerson bilan cheklashni taklif qilmoqda, bu ularga kuchlarni boshqa yo‘nalishlardan ko‘chirish uchun kerak, ammo "Ukraina rejimini qutqarish Rossiya rejalariga kirmaydi";

◾️ Moskva Kiyevning muzokaralar uchun o‘z shartlarini o‘tkazishiga va Rossiya Qurolli Kuchlarining oldinga siljishini to‘xtatishiga yo‘l qo‘ymaydi;

◾️ Rossiya Qurolli Kuchlarining bosh vazifasi — Donbass va Novorossiyani to‘liq ozod qilishdir

◾️ Kiyev Kursk viloyatidagi harakatlari uchun xavfsizlik hududi yaratishga zarur bo‘lgan hududlarini yo‘qotish bilan tovon to‘laydi;

◾️ Mamlakat Qurolli Kuchlaridan Sumi shahrigacha 10,5 km masofa qoldi, bu yerdagi maqsad ham xavfsizlik zonasini yaratishdir;

◾️Havo hujumidan mudofaa vositalarini ishlab chiqarish va yetkazib berishni ko‘paytirish zarur;

◾️Moskva endi Ukraina va G‘arb Minsk kelishuvlarini bajarish niyatida bo‘lmaganini aniq biladi;

◾️Ankoridjdagi (Alyaska) sammitda rasmiy hujjatlar imzolanmagan va "Ankoridj ruhi" rasmiy tus olmagan, biroq u yerda Ukrainadagi mojaroni yakunlash imkoniyatlari va aynan AQSh tomonidan taklif qilingan kelishuvlar muhokama qilingan, Moskva ularga rozi bo‘lgan;

◾️ Rossiya Vashington bilan Ankoridjdagi barcha shartlarni muhokama qilishni davom ettirishga tayyor va Eron yo‘nalishidagi "qizg‘in palla" tugaganidan keyin AQSh delegasiyasining Moskvaga tashrifini kutmoqda.

◾️Tramp — nima qilayotganini biladigan yetuk siyosatchi, yevropalik yetakchilar uning Ukraina bo‘yicha pozisiyasiga ta’sir o‘tkaza olganiga shubha bor;

◾️ Zelenskiyning Belarusga hujum qilish haqidagi tahdidlari xavotir uyg‘otadi, ammo bu Aleksandr Lukashenkoda hech qanday vahima keltirib chiqarmaydi, u bunga vazmin va sovuqqonlik bilan yondashmoqda;

◾️ Lukashenko Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal etishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Kiritildi: 13:39 29.06.2026. O'qildi: 1105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!