Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Qrim NATOga: “Rossiyaning ichki ishlariga aralashmang!”

Qrim NATOga: “Rossiyaning ichki ishlariga aralashmang!”

Qrim parlamenti birinchi vise-spikeri Yefim Fiks NATOni Rossiyaning ichki ishlariga aralashmaslikka va yarim orolning harbiy qudratiga baho bermaslikka chaqirdi.

Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Avvalroq, NATO Rossiyani Qrim va Qora dengizda harbiy kuchni oshirishda ayblab, bunga javoban mintaqadagi mavjudligini kuchaytirish bilan javob berishini aytgandi.

«Rossiya o‘zi uchun foydali bo‘lgan qarorlarni hududi, chegaralari va davlat xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan qabul qiladi. Qanday qaror qabul qilish - bu Rossiyaning ichki ishi va NATOning bunga aralashishi shart emas", - deya ta’kidladi Fiks.

Vise-spikerning ta’kidlashicha, Rossiya o‘z hududining xavfsizligini ta’minlamoqda, NATOning harakatlarini esa Rossiya hududiga qurolli bosqin qilishga tayyorgarlik deb hisoblash mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Qrimda 2014 yil mart oyida bo‘lib o‘tgan referendum natijasida Rossiyaning hududiy qismiga aylangan.

Kiritildi: 21:48 03.12.2020. O'qildi: 3815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!