Bugun 19 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Qozog‘istonliklar Isroilga vizasiz borishi mumkin

Qozog‘istonliklar Isroilga vizasiz borishi mumkin

Qozog‘iston va Isroil o‘rtasida vizasiz rejim 2027 yil boshida joriy etilishi mumkin. Tegishli kelishuv imzolanganidan so‘ng Qozog‘iston Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz davlatlari orasida fuqarolari Isroilga vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan birinchi davlatga aylanadi. Bu haqda “Tizgin.kz” xabar berdi.

Ikki davlat o‘rtasidagi kelishuv 2027 yil boshida imzolanishi mumkin. Isroilning Qozog‘istondagi elchisi Yoav Bistriskiy jurnalistlarga bergan intervyusida mamlakatlar o‘rtasida vizasiz rejim joriy etish bo‘yicha kelishuv tayyorlanayotganini ma’lum qildi.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Isroil tomoni vizalarni bekor qilishga rozi bo‘lgan. Hozirda tegishli kelishuv ustida ish olib borilmoqda.

“Biz Qozog‘iston va Isroil o‘rtasida vizasiz rejim to‘g‘risidagi kelishuv imzolanishini kutmoqdamiz. Uni Isroil tashqi ishlar vazirining tashrifi davomida imzolash rejalashtirilgan. Hozir bu borada ish olib boryapmiz. Aniq sana hozircha yo‘q, biroq bu 2027 yil boshida amalga oshishiga umid qilmoqdamiz”, dedi Bistriskiy.

Uning ta’kidlashicha, kelishuv kuchga kirgach, Qozog‘iston fuqarolari Isroilga vizasiz borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Qozog‘iston fuqarolari Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazda Isroilga umuman vizasiz tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘ladigan birinchi davlat fuqarolari bo‘ladi. Isroil bu bosqichga allaqachon rozi, hozir esa kelishuv imzolanishini kutmoqdamiz”, deya qo‘shimcha qildi elchi.

Kiritildi: Bugun 00:40. O'qildi: 529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!