Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Qozog‘istondagi YTHda o‘zbekistonlik fuqaro vafot etdi

Qozog‘istondagi YTHda o‘zbekistonlik fuqaro vafot etdi

Qozog‘iston hududidan o‘tgan Atirau-Dossor trassasida 3 ta avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi.

Odam o‘limi bilan bog‘liq mazkur hodisa joriy yilning 15 iyun kuni ertalabki soat taxminan 6:30 larda sodir bo‘lgan. Atirau viloyati polisiya departamenti xabariga ko‘ra, YTHda KamAZ, PAZ 32053 va Daewoo Nexia avtomashinalari ishtirok etgan.

“Hodisada Daewoo Nexia haydovchisi bo‘lgan 1973 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 11:27 18.06.2024. O'qildi: 1512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!