Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Qozog‘istondagi o‘quv poligonida portlash yuz berdi. Jarohatlanganlar bor!

Qozog‘istondagi o‘quv poligonida portlash yuz berdi. Jarohatlanganlar bor!

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilinishicha, 21 sentabr kuni Qozog‘istonning maxsus jihozlangan o‘quv poligonida, Aris shahridan 60 km uzoqlikda o‘quv mashq poligonida vayron qilish ishlari olib borilgan. Ish jarayonida o‘q-dorilarning bir qismi o‘z-o‘zidan portlab ketgan.

Portlashda, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilardan o‘nta minachilar yaralangan.

Jabrlanganlar Qozog‘iston Mudofaa vazirligining dala shifoxonasiga yotqizilgan. Ularga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Hozirda voqeaning sabab va holatlari o‘rganilmoqda, tergov harakatlari boshlangan.

Kiritildi: 15:20 22.09.2019. O'qildi: 2088 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!