Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qozog‘istondagi sohilga ilonlar hujum qilmoqda – video

Qozog‘istondagi sohilga ilonlar hujum qilmoqda – video

Kunlar isiy boshlashi bilan Qozog‘istonning Aktau (Oq tog‘) sohiliga ilonlar hujum qila boshladi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, ilonlar sohilda kunlar isiy boshlagandan so‘ng ko‘paygan. Ularning odatdagidan ko‘p soni mahalliy aholini qo‘rquvga solmoqda. Ilonlar sohildagi turli joylarda ko‘rinish berib, dam oluvchilarga xalaqit berishmoqda.

Ma’lum qilinishicha, hozirda ko‘pchilik dam olish va sayr qilish joylariga bormaslikni afzal ko‘rishmoqda.

Mutaxassislar Aktaudagi ilonlar zaharlimi degan savolga javob berishdi. Ular sudralib yuruvchilar sinfiga mansub bu jonzotlar inson hayoti va sog‘ligiga hech qanday xavf tug‘dirmasligiga ishontirishmoqda. Suv iloni inson uchun xavfsiz va zaharli emas.

Shuningdek, mutaxassislar ta’kidiga ko‘ra, sudralib yuruvchilarning ko‘payish mavsumi boshlangan, shuning uchun ular tuxum qo‘yish uchun qirg‘oqqa chiqishgan.

Qozog‘istonning Aktau shahri Kaspiy dengizi sohilida joylashgan.

Kiritildi: 18:10 18.04.2019. O'qildi: 5587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!