Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istondagi koloniyalarning birida mahbuslar isyon ko‘tardi

Qozog‘istondagi koloniyalarning birida mahbuslar isyon ko‘tardi

Qozog‘iston janubidagi Turkiston viloyatidagi koloniyalardan birida mahbuslar qo‘zg‘olon ko‘tardi. Bu haqda respublika IIV Jinoyat-ijroiya tizimi qo‘mitasi xabar berdi.

“Turkiston viloyatidagi koloniyalardan birida mahkumlarning bir qismi qamoqda saqlash rejimiga norozilik bildirgan, mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 428-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda.

Gap “Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik” moddasi haqida ketmoqda. Aybdor deb topilganlar o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, hozirda koloniyadagi vaziyat barqarorlashtirilgan. Milliy gvardiyaning ikki askari va Jinoiy jazoni ijro etish boshqarmasining bir xodimi yengil tan jarohatlari olib, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda koloniyada qo‘mita raisi, rahbariyat, mahalliy bo‘lim va Milliy gvardiya xodimlari, shuningdek, nazorat organlari ish olib bormoqda.

Kiritildi: 21:50 21.09.2024. O'qildi: 523 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!