Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istonda YTHda 8nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda YTHda 8nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

3 aprel kuni Samara-Chimkent trassasining Qozog‘istonning Aqto‘be oblasti Marjonbuloq qishlog‘idan o‘tgan qismida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Qozog‘iston IIVga aloqador Polisia.kz kanali xabariga ko‘ra, YTH Volvo yuk mashinasi hamda O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi Toyota-Alhpard miniveni ishtirokida ro‘y bergan.

Hodisa oqibatida miniven haydovchisi va undagi yetti nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Qurbonlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, harakat vaqtida yuk avtomobilining shinasi yorilib ketgan, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va miniven bilan to‘qnashgan.

YTH yuzasidan dastlabki tergov harakatlari boshlangan. Tegishli ekspertiza tayinlangan.

Kiritildi: 21:25 03.04.2024. O'qildi: 1656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!