Qozog‘istonda qizamiq bilan kasallanganlar soni 20 ming kishidan oshdi, ularning 81 foizi 14 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
“Bugungi kunda qizamiq bo‘yicha mavjud epidemiologik vaziyat og‘irligicha qolmoqda. 2023 yil boshidan buyon respublika bo‘yicha 20 188 dan ortiq kishida qizamiq kasalligi qayd etilgan bo‘lib, ularning 81 foizi 14 yoshgacha bo‘lgan bolalardir, ular 16 351 nafarni tashkil etadi. O‘smirlar orasida 706 ta holat qayd etilgan – 3,4 va 15,4 foiz, kattalar, ya’ni 18 yoshdan oshganlar bilan bog‘liq 3131 ta holat qayd etilgan, deyiladi xabarda.
Qizamiq bilan kasallanish holatlari barcha viloyatlarda qayd etilgan, biroq eng yuqori ko‘rsatkichlar Chimkentda, Olmaotada, Olmaota viloyatida, Jambil viloyatida, Mang‘istau viloyatida, Atirau viloyatida, Aqto‘be viloyatida va Qizilo‘rda viloyatida qayd etilgan.
Mamlakatda har kuni 350 ga yaqin qizamiq bilan kasallanish holatlari qayd etilmoqda, asosiy kasallanish holatlari emlanmaganlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Qozog‘istonda kasallar orasida emlanmagan bolalar ulushi 83,6 foizni tashkil etadi, deb xabar beradi vlast.kz.