Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi davlat chegarasidagi o‘tkazish punktlarida sanitariya-karantin nazoratini kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Ushbu choralar Hindistonda yuzaga kelgan Nipah virusi tarqalishiga javoban joriy etilgan, hozirda mahalliy hokimiyatlar uni cheklashga harakat qilmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu patogenni dunyodagi eng xavfli viruslar kategoriyasiga kiritdi.
Tibbiyot xodimlarini eng ko‘p xavotirga soladigan jihat shundaki, hozirga qadar bu kasallikni davolash uchun maxsus dori vositalari yoki profilaktika vaksinalari mavjud emas.
Avvalroq, Hindistonda o‘ta xavfli, davosi yo‘q yangi virus aniqlani ma’lum qilingandi.
Unda G‘arbiy Bengaliya shtatida kamida 5 fuqaroda Nipah virusi aniqlangani, 100ga yaqin kishi majburiy karantinga olingani, Hindiston janubidagi Kerala shtatida ikki kishi Nipah virusidan vafot etgani xabar berilgandi.