Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘istonda Nipah virusi sabab sanitariya nazorati kuchaytirildi

Qozog‘istonda Nipah virusi sabab sanitariya nazorati kuchaytirildi

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi davlat chegarasidagi o‘tkazish punktlarida sanitariya-karantin nazoratini kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Bu choralar Hindistonda qayd etilgan Nipah virusi tarqalishi bilan bog‘liq. Hozirda mahalliy hokimiyatlar kasallikni cheklash choralarini ko‘rmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Nipah virusini dunyodagi eng xavfli patogenlar qatoriga kiritgan. Eng xavotirli jihati — hozircha ushbu kasallikka qarshi maxsus dori yoki vaksina mavjud emas.

Mutaxassislar ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilishni tavsiya etmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:15. O'qildi: 402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!