Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istonda mingdan ortiq pedofil polisiya hisobiga olingan

Qozog‘istonda mingdan ortiq pedofil polisiya hisobiga olingan

Yil boshidan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan 589 ta huquqbuzarlik ro‘yxatga olingan. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston Ichki ishlar vazirning birinchi o‘rinbosari Marat Kojayevga asosan xabar qildi.

Bugungi kunda 1350 pedofil va 2831 zo‘ravon polisiya hisobiga olingan.

Joriy yilning sakkiz oyi davomida Jinoyat kodeksining 124-moddasi "Voyaga yetmaganlarni axloqsizlikka o‘rgatish" jinoyatlari 5,5 foizga kamaydi. Biroq voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlari bilan bog‘liq jinoyatlar soni ko‘paygan.

Har ikkinchi bunday jinoyat kvartira, xususiy uy va yotoqxonalarda sodir etilgan. Shu o‘rinda 77 foiz jinoyatlar yaqin qarindoshlar - otalar, o‘gay otalar, onasi bilan yashaydigan erkaklar, qarindoshlar, qo‘shnilar va tanishlar tomonidan sodir etilgan. Bu jinoyatlarda dalillarni to‘plashda qiyinchiliklar mavjud.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘lik jinoyatlar uchun 1575 mahkum Qozog‘istonning tuzatish muassasalarida jazoni o‘tamoqda.

Kiritildi: 21:16 12.09.2019. O'qildi: 1677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!