Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Qozog‘istonda erkak o‘zini 10-qavatdan tashlamoqchi bo‘ldi, ammo...

Qozog‘istonda erkak o‘zini 10-qavatdan tashlamoqchi bo‘ldi, ammo...

Ostonada istiqomat qiluvchi erkak 10 qavatli uyning tomidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilishga urindi. Bu haqda daryo.uz xabar bermoqda.

Hodisa 15 yanvar kuni ro‘y berdi. Shu yerdan o‘tib ketayotgan Ozod ismli yigit uni bunday qilmaslikka ko‘ndirishga ikki soat urindi.

O‘zini pastga tashlamoqchi bo‘lgan erkak juda asabiylashar, goh ortga qaytib, goh tom yoqasiga kelardi.

Ozodning aytishicha, ikki soat davom etgan urinishlardan so‘ng u payt poylab, erkakni mahkam tutib oladi. Shundan so‘ng polisiya xodimlari yordamga yetib keldi va erkak bo‘limga olib ketildi.

Kiritildi: 10:45 16.01.2019. O'qildi: 1150 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!