Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istonda bu yil 752 nafar zaxiradagi zobit armiyaga chaqiriladi

Qozog‘istonda bu yil 752 nafar zaxiradagi zobit armiyaga chaqiriladi

Joriy yilda 752 nafar zahiradagi zobit armiyaga chaqiriladi. Bu haqda QR Mudofaa vazirligi matbuot kotibi, podpolkovnik Ruslan Jangulin ma’lum qildi.

“Har yili harbiy kafedrani tamomlagan zahiradagi zobitlarni Qurolli Kuchlar, boshqa qo‘shin va harbiy qismlar saflariga chaqiramiz. Bu yil ham rejalashtirilgan. Joriy yilda 752 nafar zaxiradagi zobitni chaqirish rejalashtirilgan. U 2 yil harbiy xizmatni o‘taydi. Ular olgan harbiy ta’limini to‘liqtirish uchun chaqiriladi”, — dedi Ruslan Jangulin Markaziy kommunikasiyalar xizmatida bo‘lib o‘tgan brifingda.

Unga ko‘ra, zaxiradagi zobitlar Qurolli Kuchlarda yetishmayotgan mutaxassisliklar bo‘yicha lavozimlarni egallashga chaqiriladi.

“Ular orasida aloqa mutaxassislari, zambarak otuvchi, psixologlar bo‘lishi mumkin. Biz ularni chaqiramiz”, - dedi vazirlik matbuot kotibi.

Kiritildi: 11:43 02.03.2024. O'qildi: 1077 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!