Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Qozog‘iston yo‘llarida mashinada harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

A A A
Qozog‘iston yo‘llarida mashinada harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

So‘nggi kunlarda Qozog‘iston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Yaqin haftalar davomida magistral yo‘llarga tuman tushib, kuchli qor yog‘ishi hamda muzlash holatlari kuzatilishi mumkin. Bu esa avtoyo‘llarda harakatlanishda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.

Shu munosabat bilan, qo‘shni davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, juda zarur bo‘lganda poyezd yoki samolyotga chiqishlaringizni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmay turishlaringizni so‘raymiz.

Kiritildi: 15:18 14.12.2024. O'qildi: 1537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!