Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Qozog‘iston yog‘i O‘zbekistonga qanchaga tushadi?

A A A
Qozog‘iston yog‘i O‘zbekistonga qanchaga tushadi?

Qozog‘iston yog‘ni O‘zbekistonga eksport qila boshladi, deya xabar beradi «Atameken» telekanali.

"Kun" nashrining xabar berishicha, «Shimkentmay» «KazakhExport» eksport sug‘urta kompaniyasi dasturi doirasida «Sberbank»dan 100 mln tenge (2,2 mlrd so‘m) miqdorda eksportdan avvalgi moliyalashtirishning birinchi transhini oldi.

Markaziy Osiyoga eksportni amalga oshirish uchun moliyalashtirishning tasdiqlangan limiti umumiy hajmi 730 mln tenge (16 mlrd so‘m)ni tashkil etadi, ulardan 702 mln tenge (15,5 mlrd so‘m) - O‘zbekiston uchun limit.

Yil oxiriga qadar «Shimkentmay» AJ O‘zbekistonga qariyb 4 million dollarlik qiymatdagi yog‘ eksport qilishni rejalashtirmoqda.

«To‘rt million dollarlik shartnoma - Janubiy Qozog‘iston viloyati tadbirkorlar palatasi va «KazakhExport»ning mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarish bo‘yicha hamkorlikdagi ishining natijasi», - deya ta’kidlab o‘tdi Janubiy Qozog‘iston viloyati tadbirkorlar palatasining loyihalarga hamrohlik qilish bo‘limi eksperti Bakitjan Seytinbetov.

 

Kiritildi: 16:52 07.08.2018. O'qildi: 1881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik