Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qozog‘iston Xitoyga bug‘doy eksportini uch barobarga oshirmoqchi

Qozog‘iston Xitoyga bug‘doy eksportini uch barobarga oshirmoqchi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning Xitoyga qilgan tashrifi chog‘ida Xitoyga bug‘doy eksportining hozirgidan uch barobar ko‘proq bo‘lishini ma’lum qildi.

«O‘tgan yili Qozog‘iston Xitoyga 550 ming tonna don eksport qildi. Biz bu ko‘rsatkichni 2 million tonnaga yetkazishimiz mumkin.», deya xabar qildi To‘qayevning matbuot xizmati.  Shuningdek, Qozog‘iston Xitoyni tuz, go‘sht, sut va parranda mahsulotlari bilan ta’minlay olishi aytildi.

Hozirda Qozog‘iston O‘rta Osiyoning eng yirik don ishlab chiqaruvchi mamlakati hisoblanadi. U Qora dengiz orqali bug‘doy eksportida Rossiyaning asosiy raqobatchilaridan biri bo‘lib, uzoq vaqtdan beri Xitoyga bug‘doy va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksportini keskin oshirishga intilmoqda.

Odatda, Qozog‘iston o‘z donining katta qismini qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlari,  Afg‘oniston,  Kavkazga, shuningdek,  Qora dengiz portlari orqali g‘arbga eksport qiladi.

Kiritildi: 13:28 21.09.2019. O'qildi: 2124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!