Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Qozog‘iston va Pokiston qariyb $200 mlnlik kontraktlar imzoladi

Qozog‘iston va Pokiston qariyb $200 mlnlik kontraktlar imzoladi

Qozog‘iston va Pokiston seshanba kuni Islamabodda o‘tgan biznes-forum doirasida 32 ta savdo va biznes kelishuvini imzoladi, ularning umumiy qiymati taxminan $200 mln ni tashkil qiladi. Bu haqda Qozog‘iston Savdo va integrasiya vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ta’kidicha, kelishuvlar sanoat va energetikadan tortib logistika, moliya, raqamli xizmatlar va agro-sanoat sohalariga qadar keng sohalarni qamrab olgan.

Eng yirik kelishuv Falcon EuroBus MCHJ va Pokistonning QCC International kompaniyasi o‘rtasida elektr avtobuslari yetkazib berish bo‘yicha imzolangan va uning qiymati $108 mln ni tashkil etadi.

Shuningdek, kelishuvlar investisiya, moliyaviy infratuzilmani rivojlantirish, transport-logistika yo‘nalishlari, raqamli va IT-loyihalar, sanoat, ta’lim, tibbiyot va kosmos sohalarida hamkorlikni o‘z ichiga oladi.

Vazirlik bayonotida ta’kidlanishicha, imzolangan hujjatlar Qozog‘iston va Pokiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni amaliyotda kengaytirishga qaratilgan.

Kiritildi: 22:17 04.02.2026. O'qildi: 183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!