Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘iston va Ozarboyjon Kaspiy orqali internet kabeli o‘tkazdi

Qozog‘iston va Ozarboyjon Kaspiy orqali internet kabeli o‘tkazdi

Qozog‘iston va Ozarboyjon Kaspiy dengizi tubidan internet ma’lumotlarini uzatish uchun mo‘ljallangan optik tolali kabel o‘tkazdi. U oktyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Ozarboyjonning Sumg‘ayit shahri bilan Qozog‘istonning Aqtau shahrini bog‘lovchi kabelning uzunligi 390 kilometrni tashkil etadi.

Kabel ikki davlatning raqamli tarmoqlarini birlashtirib, Osiyo va Yevropa o‘rtasida ma’lumot almashishni tezlashtirishga xizmat qiladi. U orqali bir soniyada 400 terabitgacha ma’lumot uzatish mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 00:30. O'qildi: 294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!