Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Qozog‘iston tovuq tuxumi importini taqiqladi

Qozog‘iston tovuq tuxumi importini taqiqladi

Qozog‘istonda 13 noyabrdan boshlab yangi tovuq tuxumlarini mamlakatga olib kirishga ikki oy muddatga vaqtinchalik taqiq joriy etildi. Cheklov Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) davlatlarini ham o‘z ichiga olgan holda, barcha xorijiy mamlakatlardan amalga oshiriladigan yetkazib berishlarga taalluqli.

Tegishli buyruqni 2026 yil 12 noyabr kuni Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri Aydarbek Saparov imzolagan.

Hujjatga muvofiq, taqiq barcha transport turlariga nisbatan amal qiladi. Biroq tovuq tuxumlarining Qozog‘iston hududi orqali tranzit tarzida olib o‘tilishiga, jumladan, YEOIIga a’zo davlatlar o‘rtasidagi tashuvlarga cheklov tatbiq etilmaydi.

Shuningdek, buyruq kuchga kirguniga qadar eksport uchun rasmiylashtirilgan, ammo Qozog‘istonga keyinroq yetkazib berilgan mahsulot partiyalari uchun ham istisno nazarda tutilgan. Bunday holatlarda mahsulotni olib kirish uchun tegishli bojxona deklarasiyalarini taqdim etish talab qilinadi.

Bundan tashqari, 13 noyabrga qadar mamlakat hududiga amalda yetib kelgan tuxum partiyalarini ham ularning kelgan sanasini tasdiqlovchi hujjatlar asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.

Ushbu cheklov vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘lib, ikki oy davomida amal qiladi.

Kiritildi: 13:15 16.11.2026. O'qildi: 982 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik