Bugun 21 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘iston maymunchechak sababli chegarada sanitariya va karantin nazoratini kuchaytirdi

Qozog‘iston maymunchechak sababli chegarada sanitariya va karantin nazoratini kuchaytirdi

Qozog‘iston maymunchechak infeksiyasining mamlakatga kirib kelishining oldini olish maqsadida davlat chegarasida sanitariya va karantin nazoratini kuchaytirdi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi aholi orasida infeksiya keng tarqalishi xavfini past deb baholamoqda.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, ayrim mamlakatlarda maymunchechak bilan kasallanish holatlari qayd etilgani va xalqaro qatnovlar faolligi sababli infeksiyaning Qozog‘istonga kirib kelish ehtimolini istisno qilib bo‘lmaydi.

Kasallik tarqalishining oldini olish uchun 2024 yil 26 avgustdagi bosh davlat sanitariya shifokorining 8-sonli qarori asosida sanitariya-profilaktika va epidemiyaga qarshi choralar amalga oshirilmoqda.

Xususan, davlat chegarasidagi o‘tkazish punktlarida nazorat kuchaytirilgan. Maymunchechak qayd etilgan mamlakatlardagi epidemiologik vaziyat kuzatib borilmoqda. Barcha nazorat punktlari va sanitariya-karantin muassasalari kontaktsiz termometrlar bilan ta’minlangan.

Shuningdek, tibbiyot muassasalari va laboratoriyalar infeksiyani o‘z vaqtida aniqlash va tashxis qo‘yish uchun tayyor holatga keltirilgan. Vazirlik xavfli infeksiyaga shubha tug‘ilgan holatlarda xabar berish va idoralararo hamkorlik qilish tartiblari ham amal qilayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 18:45 19.10.2026. O'qildi: 504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!