Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘iston IBAni tark etadimi? Golovkin bayonot berdi

Qozog‘iston IBAni tark etadimi? Golovkin bayonot berdi

Yakuniy qarorni Qozog‘iston boks federasiyasi beradi.

Qozog‘iston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Gennadiy Golovkin Qozog‘iston IBA tarkibidan chiqishi va World Boxing tashkilotiga qo‘shilishi mumkinligini tan oldi.

Gennadiyning fikricha, Qozog‘iston boks federasiyasining jahon boksiga kirishi boksning Olimpiya o‘yinlari dasturida saqlanishiga xizmat qiladi.

"O‘z navbatida biz Qozog‘iston boks federasiyasini Jahon boks tashkilotiga a’zo bo‘lishga undashda davom etamiz. Ammo qarorni Qozog‘iston boks federasiyasi qabul qiladi va ularda erkin tanlash huquqi bor. Men federasiya qaroriga ta’sir qila olmayman.

Sud majlislarining davom etishi faqat sportchilarga to‘sqinlik qiladi. Biz sportchilarni qo‘llab-quvvatlaymiz, chunki boks Olimpiya o‘yinlari dasturida qolishini istaymiz. Shu bilan birga, XOQ allaqachon qaror qabul qilib, talab va ko‘rsatmalarni e’lon qilgan. XOQ nuqtai nazaridan boksni Olimpiya o‘yinlari dasturida saqlab qolish uchun qanday qadamlar qo‘yish kerakligi aniq", — dedi Golovkin xorij OAVga bergan intervyusida.

Kiritildi: 15:07 07.07.2024. O'qildi: 1146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!