Juma kuni Qozog‘istoning Qostanay viloyatida o‘rmon yong‘ini yuz berdi. Shanba kunga kelib yong‘in qishloqlarga yaqinlashgani uchun 1 ming 841 kishi xavfsiz joyga ko‘chirilgan.
Xabarda aytilishicha, olov 100 dan ortiq turar-joyni o‘z domiga tortgan. Ofat bir kishining o‘limiga sabab bo‘ldi, yana 10 kishi turli darajada jabr ko‘rgan. Jabrlanganlar orasida uch nafar FVV xodimi ham bor, deyiladi xabarda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in 43 ming gektar maydonni egallab olgan.