Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan avtomobillarga gaz tarqatish kompressor shaxobchasiga (AGTKSh) muvofiqlik sertifikatisiz mahsulot uchun jarima qo‘llanildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi nazorat inspeksiyasi tomonidan «A.M.T» MCHJ da o‘tkazilgan nazorat tadbirida avtomobillarga gaz tarqatish kompressor shaxobchasi tomonidan muvofiqlik sertifikatisiz ichki yonuv dvigatellari uchun siqilgan tabiiy gaz mahsuloti realizasiya qilish holatlari aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qonunchilikga muvofiq jamiyatga 440 mln so‘m miqdorda moliyaviy jarima rasmiylashtirildi. Muvofiqlik sertifikatsiz ichki yonuv dvigatellari uchun siqilgan tabiiy gaz mahsulotni sertifikatlashtirish yuzasidan yozma ko‘rsatma berildi.