Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Qoraqalpog‘istonda poyezd ayolni bosib ketdi

Qoraqalpog‘istonda poyezd ayolni bosib ketdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, voqea joriy yilning 22 yanvar kuni Gidrouzel va Nukus stansiyalari oralig‘ida sodir bo‘lgan. Ayol temiryo‘lni o‘tish uchun mo‘ljallanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan va yo‘lovchi poyezdi ostida qolib ketgan.

“Jabrlanuvchi yo‘l harakati qoidalarini buzib, o‘z xavfsizligiga e’tibor bermadi. Mas’ul xizmatlar hodisa tafsilotlarini tekshirmoqda”, – deyiladi xabarda.

​“O‘zbekiston temir yo‘llari” fuqarolarga temiryo‘llarni kesib o‘tishning belgilangan me’yorlariga rioya qilish muhimligini eslatdi.

Kiritildi: Bugun 09:52. O'qildi: 729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!