Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda «Matiz» yonayotganda odamlar videoga olish bilan band bo‘lgan (foto)

Qoraqalpog‘istonda «Matiz» yonayotganda odamlar videoga olish bilan band bo‘lgan (foto)

Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida Matiz rusumli avtomobil yonib ketgani haqida xabar berilgan edi. Shu hodisa yuzasidan IIBB tomonidan KRuz.uz muxbiri Shuhrat Saidahmadovga ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, 10-may kuni soat 10:03da Ellikqal’a tumani, Guliston OFY hududida yashovchi D.J ga tegishli bo‘lgan Matiz avtomashinasi o‘z-o‘zidan yonib ketgan. Yong‘in natijasida mashinaning motor, salon, eshiklari hamda salon ichidagi hujjatlarga zarar yetgan. Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan 6 daqiqada o‘t o‘chirilgan.

Matizning yonib ketishiga elektr simlarining qizib ketishi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Hozirda zarar miqdori aniqlanmoqda.

QR YOXB katta muhandisi, leytenant A.Abdiraxmanovning so‘zlariga ko‘ra, Matiz tutab, yona boshlaganda atrofdagi odamlar telefonda videoga olish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Hech kim 101 ga o‘z vaqtida xabar bermagan. Abdiraxmanovning ta’kidlashicha, agar o‘z vaqtida xabar berilganida talafot unchalik katta bo‘lmas edi. Sababi, YOXB 1 km ga yetmaydigan masofada bo‘lgan. Odamlar esa yong‘in haqida xabar berish o‘rniga videoga olib turavergani sababli zarar miqdori kattalashib ketgan.

Kiritildi: 12:28 12.05.2019. O'qildi: 3795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!