Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda ikki soliq xodimi qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘istonda ikki soliq xodimi qo‘lga olindi

Tadbirkorga nisbatan tamagirlik qilganlar qo‘lga olindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Soliq boshqarmasining 2 nafar bosh inspektori Nukus shahrida oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyatini tekshirgan. Ular go‘yoki 213 mln so‘mlik soliq qonunchiligi buzilgani aniqlanganligini aytib, ushbu summani 34 mln so‘mgacha kamaytirib berish evaziga MCHJ rahbaridan 2 ming AQSh dollari talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, bosh inspektorlar tamagirlik yo‘li bilan 700 AQSh dollari va 15 mln so‘m pul mablag‘ini o‘rtada vositachilik qilgan sobiq soliq idorasi xodimi orqali olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan uchala shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:56. O'qildi: 406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!