Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlariga soliq imtiyozlari berilishi ko‘zda tutilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlariga soliq imtiyozlari berilishi ko‘zda tutilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlariga soliq imtiyozlari berilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.

Soliq imtiyozlari kimlar uchun tadbiq etiladi va shartlari qanday?

Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida joylashgan va shu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subektlari uchun soliq imtiyozlari tadbiq etiladi (yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno)

Qaysi soliq turlari bo‘yicha imtiyozlar berilmoqda?

Quyidagi soliq imtiyozlari berilishi nazarda tutilmoqda:

  • foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliq stavkalarini 50 foizga kamaytirish

Misol uchun: foyda solig‘i bo‘yicha belgilangan 15 foizlik stavka 7,5 foizgacha, aylanmadan olinadigan soliq esa 4 foizdan 2 foizgacha pasaytiriladi.

  • ijtimoiy soliq stavkasini 12 foiz o‘rniga 1 foiz miqdorida belgilash
  • yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq bo‘yicha yillik soliq stavkasi 6-12 BHMdan (1,8-3,6 mln so‘m) 1 BHMgacha (300 ming so‘m) pasaytirilishi belgilanmoqda

Soliq imtiyozlari qaysi muddat davomida amal qiladi?

Imtiyozlar 2023 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvarga qadar amalda bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida qanday soliq imtiyozlari amal qiladi?

Mo‘ynoq tumanidagi tadbirkorlik sub’ektlari uchun soliq imtiyozlarining kengaytirilgan ro‘yxati nazarda tutilgan (PF-25-son Farmon va Soliq kodeksining 483-modda 16-qismi).

Kiritildi: 17:42 29.08.2022. O'qildi: 3024 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!