Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qoraqalpog‘iston — bu bizmiz. Etni tirnoqdan ayirish mumkin emas

Qoraqalpog‘iston — bu bizmiz. Etni tirnoqdan ayirish mumkin emas

Bugun siyosat o‘ta tahdidli tus olayotgan, tashqi kuchlarning o‘yinlari ko‘payib va kutilmagan tus olib borayotgan bir paytda Qoraqalpog‘istondagi voqea ham bizni chuqur o‘ylashga, fikrlashga majbur etadi.

Ayni damda asosiy masala — sabablarni tahlil qilish va yanada yomon oqibatlarga qarshi kurashish. Qoraqalpog‘iston necha yillardan beri O‘zbekistonning bir qismi bo‘lib kelgan va hech qaysi jabhada ajratib qo‘yilmagan. Har yili boshqa hududlar qatori Qoraqalpog‘istonga ham rivojlanish uchun millionlab mablag‘ ajratiladi, har yili Prezident Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurib, aholi murojaatlarini o‘rganadi, muammolarni bartaraf etish choralarini izlaydi, har yili turli sohadagi muhim jarayonlar, albatta, qoraqalpoqlarsiz o‘tmaydi.

Biz — bir davlatmiz. Qoraqalpoqlar bilan og‘a-inimiz, aka-ukamiz. Bu shunchaki rishta emas yoki biz kecha qardosh bo‘lib qolganimiz yo‘q. Qoraqalpoqlar bilan oramizda uzoq yillik rishta bor, bu rishta ancha yillardan beri mustahkamlanib kelgan va uni qandaydir soatlar, kunlar ichida uzib yuborish mumkin emas.

Qoraqalpog‘iston — bizning yerimiz. Men o‘zbekman, qoraqalpoqman. Shunday ekan, qoraqalpoq birodarlar, oqni qoradan ajrating. Etni tirnoqdan ayirishlariga yo‘l qo‘ymang. Biz sizni yaxshi ko‘ramiz.

Nizomjon Islomov

Kiritildi: 09:49 04.07.2022. O'qildi: 4129 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!