Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qora zira: Tojikistonda koronavirusga qarshi malham ishlab chiqarildi

Qora zira: Tojikistonda koronavirusga qarshi malham ishlab chiqarildi

Tojikistonlik farmasevt Saidvali Hikmatov og‘iz bo‘shlig‘i uchun “Antikovid-19” antiseptik va malham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Mahsulot qora zira urug‘idan olingan moy asosida tayyorlanadi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.

Barcha mahsulotlar sifat sertifikatiga ega. Hikmatovning so‘zlariga ko‘ra, malham tarkibiga kiruvchi moddalar koronavirusga chalingan bemorlarning ahvolini sezilarli darajada yengillashtiradi. Shuningdek, fitoantiseptik sprey organizmdagi ko‘p patogen mikrob va viruslarni o‘ldirishga yordam beradi.

“Qora zira tarkibida 100 dan ortiq modda va hujayralarning tabiiy biosintezi uchun 50 ga yaqin katalizatorlar - fermentlar, gormonlar,  polisaxarid, yog‘ kislotalari, A, V, R, S, polivitaminlar va efir moylari mavjud”, - dedi Hikmatov.

Farmasevtning so‘zlariga ko‘ra, “Antikovid-19” antiseptik eritmasining afzalliklaridan biri shundaki, u immunomodulyasion xususiyatlarga ega va organizmning himoya xususiyatlarini oshiradi.

"Magniy yurak-qon tomir tizimi, o‘pka, miya, asab tizimi va mushaklarning ishini yaxshilaydi", - deb qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Shifokor profilaktika sifatida ertalab bo‘sh qoringa va kechqurun bir choy qoshiq qora malham sarimsoq va bir choy qoshiq asal bilan iste’mol qilishni tavsiya qiladi.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, “Antikovid-19” preparati koronavirusni davolash yoki oldini olish uchun dori sifatida sinovdan o‘tkazilmagan. Koronavirusni eksperimental davolash, shuningdek o‘z-o‘zini davolash, sog‘liqqa zarar yetkazishi, kasallikning og‘ir asoratlarini keltirib chiqarishi va hatto o‘limga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 19:12 04.06.2020. O'qildi: 4468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!